AsosiyJamiyat

Toshkentda ham 5 ta mashina to‘qnashdi

Kecha Sirdaryoda ham svetoforda to‘xtagan “Gentra”ning orqasidan oraliq masofani saqlamagan beshta mashina ketma-ket bir-biriga urilgan.

'Toshkentda ham 5 ta mashina to‘qnashdi'ning rasmi

Bugun, 9 sentyabr kuni  Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra,  hodisa soat 09:10 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida ro‘y bergan.

Xususan, YTHda 5 ta avtomobil to‘qnashib ketgan:

• 22 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Cobalt" mashinasi;
• 28 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Tracker-2" mashinasi;
• 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Lacetti" mashinasi;
• 31 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Nexia-3" mashinasi;
• 40 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Skoda" mashinasi.

Ma’lum qilinishicha, YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatida ham 6 ta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:41

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi

    Prezident mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

    'O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:26

    O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi

    O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda va uning muvaffaqiyatli kelajagi ko‘p jihatdan yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligiga bog‘liq.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:06

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:31

    Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi

    Samarqand viloyatida ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi holati o‘rganildi

    'O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:06

    O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi

    Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo va Germaniya" Investorlar va tadbirkorlar kengashini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.

    '“Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 14:14

    “Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda

    Ayni daqiqalarda IHTning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligidagi tadbirlar boshlandi.