Ijtimoiy tarmoqda “MAN A22 CNG” rusumli avtobusda tutun hosil bo‘lgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, “12-Avtobus saroyi” filialining 144-sonli avtobusining old qismida tutash hosil bo‘lgan. Transportning old qismidagi isitish tizimi patrubkasi yorilishi natijasida tutash hodisasi kuzatilgan. Avtobusda yong‘in kelib chiqmagan. Hodisa oqibatida avtobus va yo‘lovchilarga zarar yetmagan.
Shu kunning o‘zidayoq “12-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlari tomonidan mazkur avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilgan.