AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi

Davlat rahbari landshaft kompozitsiyasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

'Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uzunligi 11 kilometr, eni 86 metr bo‘lgan bu ko‘cha so‘nggi yillarda eng katta yo‘llardan biriga aylandi. Shaharning kengayishi va Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan kelib chiqilsa, uning kelajagi ham istiqbolli. 
Shu bois, davlatimiz rahbarining 2022 yil 30 iyundagi qaroriga asosan, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida ishbilarmonlik markazi qurilishi va yo‘li bo‘yi infratuzilmasi rivojlantirilishi belgilangan edi. Unga muvofiq, direksiya tuzilib, me’moriy konsepsiya ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, ko‘chaning ikki tomonida milliy ruhga uyg‘un zamonaviy turar joylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Sayilgoh va ko‘ngilochar maskanlar, piyoda va velosiped yo‘lakchalari tashkil etiladi.

Ma’lumki, bu yerda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti va Olimpiya shaharchasi ham qurilmoqda. Prezidentimiz ushbu inshootlar atrofini hamda ularga olib boruvchi yo‘l bo‘yini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Bu galgi tashrif chog‘ida shu boradagi landshaft dizayni takliflari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikki tarafi yanada obod qilinadi. Chinor, eman, lola daraxti, katalpa, pisardiya, kiparis, hind nastarini, lavanda, Suriya atirguli kabi daraxt va butalar dekorativ shaklda ekiladi. Aeroport oldida ikkita favvora barpo etiladi. Umuman, bu hudud Toshkentning “yashil belbog‘i”ning bir qismi bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari landshaft kompozitsiyasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi. Bu yerda ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 11:05

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi

    Davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri kutib oldi.

    'Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 08:19

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonada "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 18:38

    Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

    Prezident u yerda "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 12:53

    O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar

    Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    '32 yil ichida ilk marta AQSH va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 11:19

    'Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 20:57

    Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

    Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi