AsosiyJamiyat

Toshkentdagi restoranda ommaviy zaharlanish yuz berdi

Zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

'Toshkentdagi restoranda ommaviy zaharlanish yuz berdi'ning rasmi

Toshkentdagi «Muhteshem Doner» restoranida ommaviy zaharlanish yuz berdi va 23 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5-7 sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar shaxs (22 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga hamda 1 nafari Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga) murojaat qilgan.

Ularning barchasi 2024 yilning 5 sentyabr kuni «Muhteshem Doner» kafesida ovqatlangan. Olib borilgan davolash muolajalari natijasida bemorlarning ahvoli yaxshilangan va 11 sentyabr 18:00 holatiga ularning 11 nafariga uylariga ruxsat berilgan.

Qolgan bemorlar davolash muolajalarini olishmoqda va kasallik dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bir-ikki kun ichida qolgan bemorlarga ham uylariga ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Jabrlanganlar orasida kafe xodimlari ham bor.
Hozirda mazkur kafe faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilmoqda

Birlamchi epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous (bemorlarning barchasi iste’mol qilgan mahsulot) sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelinmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqanda va Andijonda “prava” hamda sertifikat olib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:39

    Samarqanda va Andijonda “prava” hamda sertifikat olib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

    Avtomaktab o‘rgatuvchisi va “Vatanparvar” hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:12

    Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

    Respublikada harorat 10-15 daraja atrofida bo‘ladi.

    'Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 21:49

    Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi

    G‘oliblar orasida Germaniyada o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ibrohimova Rayyona ham bor.

    'Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 20:32

    Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda

    Mardon Yoqubov shtamplar, muhrlar tayyorlash va ularni qalbakilashtirishda ayblanib, jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan.

    'Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:40

    Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

    Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlandi.

    'Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:26

    Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi

    MBning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rib chiqildi.