Luiziana shtatida joylashgan 114 metrli Capital One ko‘p qavatli binosi 40 yildan ortiq vaqt davomida Leyk Charlz shahrining eng mashhur inshootlaridan biri bo‘lib kelgan, deya xabar bermoqda zamon.uz.
Bino uzoq vaqt davomida tashlandiq holda turgan va birdaniga ikkita bo‘ron yopilishi ortidan ta’mirtalab holatga kelib qolgandi.
Obyekt 1983 yili to‘liq oynali qilib barpo etilgan. Biroq bu dizayn shtatda tez-tez yuz berib turadigan tabiiy ofatlar uchun bardosh berolmadi. 2020 yili ketma-ket yuz bergan kuchli bo‘ronlar minorga jiddiy shikast yetkazgan.
Joriy yil avgust oyida yopirilgan dovul uni butunlay yaroqsiz holatga keltirib qo‘ydi. Uni rekonstruksiya uchun 167 mln dollar kerak edi, biroq mutaxassislar uni 7 mln dollarga buzib, qayta qurishni afzal ko‘rishgan.