AsosiyDunyo

Rossiyada bolalarni jinsiy zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi

Tergov davomida u o‘z aybini tan oldi.

'Rossiyada bolalarni jinsiy zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi'ning rasmi

O‘zbekiston fuqarosi Moskva viloyatida mudhish jinoyat sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning “Moskovskiy komsomolets” kundalik ijtimoiy-siyosiy gazetasi xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli erkak Ryazan viloyatida er-xotin bilan uy ijaraga olgan. U fursatdan foydalanib, shu yilning may oyida ushbu oilaning ikki o‘g‘lini o‘g‘irlab, Moskva viloyatidagi uylardan 300 kilometr uzoqlikda chorvachilik fermasida tashlandiq qurilish pritsepida saqlagan. Bolalarni bir necha oy davomida asirlikda ushlab, muntazam ravishda jinsiy zo‘ravonlik qilgan.

Sentyabr oyida jinoyatchi qo‘lga olingan. So‘roq paytida pedofil “bolalarni asrab olmoqchi bo‘lgani uchun ularni o‘g‘irlagani” va ularda “intim munosabatlar” borligini aytdi.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan jinsiy zo‘ravonlik va nomaqbul zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    Boshqa yangiliklar