Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtachi tumanidagi 8-umumta’lim maktabiga oid videolavha tarqaldi. Unda direktor maktabda qarta o‘ynab o‘tirgani va direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizlarni kaltaklayotgani aks etgan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Ushbu holat Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Videodagi holatlar haqiqatan Paxtachi tumanidagi 8-umumta’lim maktabiga tegishli ekani tasdig‘ini topgan. Maktab direktori va maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.