Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosidagi bekatlardan biridi katta tirbandlik yuzaga kelganini aks ettiruvchi video va foto faktlar tarqaldi.
"Toshkent metropoliteni"ning ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 13:23 lar atrofida “O‘zbekiston” yo‘nalishining “Beruniy" bekatida sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘nalishda harakatlanishi lozim bo‘lgan 33-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Shu boisdan, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, elektropoyezd mashinisti tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harakat tarkibidagi nosozlik 5 daqiqa ichida bararaf etilgan va harakat tarkibi faoliyati qayta tiklangan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.