AsosiyDunyo

Yevropada suv toshqinlari kuchaymoqda

“Boris” to‘foni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriyani qamrab oldi.

'Yevropada suv toshqinlari kuchaymoqda'ning rasmi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi halok bo‘lgan. Ko‘plab shaharlar butunlay suv ostida qolgan, o‘n minglab odamlar elektr ta’minotisiz qolgan. Qutqaruvchilar vertolyotlarda odamlarni evakuatsiya qilmoqda, deya xabar bermoqda zamon.uz.

 Polshada kichik Stronyo-Slaskiye shaharchasi suv bosimiga bardosh bera olmagan to‘g‘onning buzilishi tufayli suv ostida qoldi. Suv toshqinlari Quyi Sileziya, Opolsk va Malopolsk voyevodeliklariga katta zarar yetkazdi. 

 Polshada mamlakat janubi va g‘arbidagi halokatli suv toshqinlari tufayli tabiiy ofat holati joriy etiladi. Ukraina Polsha va Chexiyaga tabiiy ofat oqibatlarini yengishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar