AsosiySalomatlik

Boshni yuvib, ko‘chaga chiqish sog‘lik uchun xavfl

Mutaxassis buning oqibatlari haqida ma’lumot berdi

'Boshni yuvib, ko‘chaga chiqish sog‘lik uchun xavfl'ning rasmi

Kuz kelib, havo harorati asta-sekin pasaymoqda. Ba’zi insonlar qanday sharoit bo‘lmasin, tongda iliq vanna qabul qilishni xush ko‘radi. Ayrimlar esa ertalab boshini yuvib, ishga yoki o‘qishga borishga odatlangan. 

Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Boshni quritmay ko‘chaga chiqish qanday oqibatlarga olib keladi?

SSV Matbuot xizmati ushbu savollarga oliy toifali shifokor Sanjar Mavlonov batafsil javob oldi.

 — Bugungi kunda ayrim yoshlar orasida ertalab boshni yuvib, ko‘chaga chiqish odatga aylangan, — deydi mutaxassis. — Bu holatda ular sochlarni fenda quritishning o‘zi yetarli deb o‘ylaydi. Vaholanki, sochlar ildizi va uning ichki qavati 4 soatda ham qurimaydi. Qarabsizki, buning oqibatida insonda jiddiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Jumladan, sochlar nam bo‘lganda, bosh issiqlikni juda tez yo‘qotadi. Buning natijasida undagi tomirlar torayib, sochlarning ozuqa olishi yomonlashadi va ular to‘kilishni boshlaydi. Albatta bu eng yengil oqibatdir.

Shuningdek, ertalab bosh yuvib, sochlarni quritmay ko‘chaga chiqish tufayli organizmning immuniteti pasayadi. Ayniqsa, kuzning salqin havosida teri namlik holatini uzoq ushlab turishi tufayli surunkali gaymorit, rinit, frontit, tonzillit va otit kabi kasalliklar qo‘zg‘aydi. Agar bunday xastaliklarga moyillik kuchli bo‘lsa, xavf yanada ortadi.

 Uchinchi eng jiddiy oqibatlardan biri – uch tomonlama yoki yuzning asab tugunlari nevriti hisoblanadi. Bu og‘riqli sindrom bo‘lib, uni davolash uchun uzoq vaqt talab etilishi mumkin.

Boshni quritmasdan ko‘chaga chiqishning eng katta xavfi esa meningit, ya’ni bosh miya va orqa miya pardalari yallig‘lanishidir. Bu — kasalliklar guruhi bo‘lib, ular virusli yoki bakterial bo‘ladi. Bunda turli infeksiyalar miya pardalariga kirib, o‘sha yerda rivojlanadi. 

Natijada bemor kuchli bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladi. Tana harorati tez-tez 39-40 darajaga ko‘tariladi. Eng yomoni, salqin havoda infeksiya xavfi yanada kuchayadi. Agar o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, oqibati yomon bo‘lishi mumkin.

Shu bois yuqorida tilga olingan kasalliklarga chalinmaslik uchun bosh yuvilib, sochlar fenda quritilgach, kamida ikki soatdan so‘ng, agar havo harorati juda past bo‘lsa, bosh kiyim bilan ko‘chaga chiqish maqsadga muvofiq.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?'ning rasmi

    Salomatlik 14.10.2024 14:22

    Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?

    Zamonaviy hayotning toksik yukini hisobga olgan holda samarali ishlashi kerak bo‘lgan tanani tabiiy tozalashning uchta bosqichi haqida mutaxassisdan tavsiyalar.

    '25 yil ichida bakteriyalar tufayli 208 million odam hayotdan ko‘z yumishi prognoz qilindi'ning rasmi

    Salomatlik 14.10.2024 10:11

    25 yil ichida bakteriyalar tufayli 208 million odam hayotdan ko‘z yumishi prognoz qilindi

    JSSTga ko‘ra, emlanish orqali antibiotiklar qo‘llanilishini 22 foizga kamaytirish mumkin

    'JSST grippdan himoyalanish uchun 5 ta muhim tavsiya berdi'ning rasmi

    Salomatlik 10.10.2024 13:09

    JSST grippdan himoyalanish uchun 5 ta muhim tavsiya berdi

    Yevropa qit’asi va Markaziy Osiyoning 53 mamlakatida mavsumiy grippdan yiliga 72 mingga yaqin kishi vafot etmoqda.

    'Gripp kimlarda og‘ir o‘tishi mumkinligi ma’lum qilindi'ning rasmi

    Salomatlik 10.10.2024 09:42

    Gripp kimlarda og‘ir o‘tishi mumkinligi ma’lum qilindi

    Tadqiqotlarga ko‘ra, grippning yengil shakli bilan og‘rigan bemorlar organizmi taxminan yetti-o‘n kun ichida tiklanadi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 09.10.2024 14:39

    ''ning rasmi

    Salomatlik 09.10.2024 14:23