AsosiyJamiyat

“Toshkent — Xovos — Toshkent” poyezdi Sirdaryo bekatigacha boradigan bo‘ldi

Ushbu o‘zgartirish texnik sabablarga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

'“Toshkent — Xovos — Toshkent” poyezdi Sirdaryo bekatigacha boradigan bo‘ldi'ning rasmi

Poyezdlar harakatida o‘zgarishlar kiritilmoqda deya xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, texnik sabablarga ko‘ra, 2024 yil 17 sentyabr kuni 6412/6411-sonli “Toshkent — Xovos — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi shaharlararo poyezdi Sirdaryo bekatigacha harakatlanadi.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!" - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar