AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak voyaga yetmagan bolani kaltakladi

Bunga fuqaroning qizi va kaltaklangan bolaning ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.

'Toshkentda erkak voyaga yetmagan bolani kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro tomonidan boshqa shaxsga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot taqdim etdi. 

 Qayd etilishicha, kecha, 16 sentyabr kuni Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida, 1992 yilda tug‘ilgan M.I. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan T.T.ni bir necha marotaba urgan. Bunga sinfdoshlar, ya’ni M.I.ning qizi va T.T.ni ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.

Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmagan T.T.ga “Chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

    Boshqa yangiliklar