AsosiyJamiyat

“Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda

Ayni daqiqalarda IHTning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligidagi tadbirlar boshlandi.

'“Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda'ning rasmi

Ayni daqiqalarda IHTning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) binosida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va IRCICA hamkorligidagi tadbirlar boshlandi.

Ularlan biri mamlakatimizning qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati haqida “Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” mavzusidagi fotoko‘rgazmadir. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov, IRSISA direktori va WOSCU Kengashi a’zosi Mahmud Erol Qilich, Tekirdag‘ universiteti professori hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy maslahatchisi Halit Eren va qator ekspertlar ishtirok etyapti.

Galdagi bo‘lib o‘tadigan tadbir doirasida “O‘zbekiston-Turkiya: tutash ildizlar va umumiy meros” media-ivent dasturi ham bo‘lib o‘tadi.

Unda dunyoning eng nodir “114 Qur’oni” loyihasi, “O‘zbekiston bilan bog‘liq Turkiyadagi eng nodir qur’on qo‘lyozmalari durdonalari”, “To‘pqopi saroyi muzeyidagi temuriylar davriga oid nodir qo‘lyozmalar va ashyolar”, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi muzeylari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

    Boshqa yangiliklar