AsosiyDunyo

Eronning Livandagi elchisi peyjer portlashi oqibatida bir ko‘zidan ayrildi

Elchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Eronga olib ketilgan.

'Eronning Livandagi elchisi peyjer portlashi oqibatida bir ko‘zidan ayrildi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, 17 sentyabr kuni Livanda bir paytning o‘zida ko‘plab joylarda peyjerlar portladi. 

Eronning Livandagi elchisi Mojtaba Amani peyjer portlashi oqibatida yaralandi. Bu haqda Mehr agentligi xabar qildi. 

Press'ning xabar berishicha, “Hizbulloh” vakillari bunda Isroilni ayblamoqda.

Bugun qator xorij OAVlarining xabar tarqatishicha, Eronning Livandagi elchisi Mojtaba Amani bir kun oldin peyjer portlashi oqibatida bir ko‘zidan ayrildi, ikkinchi ko‘zi jiddiy shikastlangan.

Qayd etilishicha, Elchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Eronga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 sentyabr kuni Livanda ikkinchi marta elektronik qurilmalar portlatildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni oshib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar