AsosiyJamiyat

“INBAZAR” ixtiyoriy tugatilish bosqichida

Ijtimoiy tarmoqlarda shtatida 1 nafar xodim ko‘rsatilgani aytilgan “INBAZAR” haqidagi xabarlarga Soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi.

'“INBAZAR” ixtiyoriy tugatilish bosqichida'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Inbazar” savdo do‘konlari tarmog‘idagi xodimlar soni to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subekti faoliyat yuritmoqda: 

  • "IN MAG" MCHJ;
  • "GO TREND" MCHJ;
  • "KDS SALES" MCHJ.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, ushbu tadbirkorlik subektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan ta’minlangan.

"Soliq organlari qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Soliq organlari tomonidan 2024 yilning o‘tgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi  “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida , mazkur tadbirkorlik subektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha jarimalar qo‘llanilgan.

Shtatida 1 nafar xodim ko‘rsatilgan “INBAZAR” MCHJ tadbirkorlik subekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida", deyiladi rasmiy xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.