AsosiyJamiyat

“Umra” tadbirlari reklamasidan ogohlikka chaqirilmoqda

Raqobat qo‘mitasi "Umra”ga olib boradigan sayyohlik agentliklari reklamalarining qonuniyligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

'“Umra” tadbirlari reklamasidan ogohlikka chaqirilmoqda'ning rasmi

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 2 iyulida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

 O‘z navbatida, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berilgan (litsenziyaga ega) turoperatorlar ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lib, bunday litsenziyaga ega bo‘lmagan subyektlar tomonidan ushbu xizmatlarni ko‘rsatish taqiqlangan.

Tahlillarga ko‘ra, internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq reklama axborotlari faollashganligi, tegishli litsenziya va ruxsatnomalar bo‘lmagan holatda ushbu xizmatlar reklama qilinayotganligi kuzatilmoqda.

 “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish (reklamaning aylanishi) sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi va iste’molchilarni noto‘g‘ri va ishonchsiz reklamadan himoya qiluvchi muhim me’yoriy hujjatdir.

Qonunning 16-moddasiga muvofiq ...tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlangan.

Raqobat qo‘mitasi ziyoratchilarimizni "Umra" amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan hamda tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar xizmatlaridan foydalanishlarini tavsiya etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda noqonuniy kumush savdosiga chek qoʻyildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:10

    Samarqandda noqonuniy kumush savdosiga chek qoʻyildi

    Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari 18 kilogramm kumushni 21 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan uch shaxsni jinoyat ustida qo‘lga oldi.

    'Habib Nurmagomedov "Jar" sport majmuasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:07

    Habib Nurmagomedov "Jar" sport majmuasiga tashrif buyurdi

    U Otabek Umarov hamrohligida aralash jang san'ati bo'yicha tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi va o'z tavsiyalarini berdi.

    'Matematika olimpiadasi savollari tarqaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:05

    Matematika olimpiadasi savollari tarqaldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Asosiy olimpiadaning tuman bosqichi savollari noqonuniy tarqalganidan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy bayonot berdi.

    'Pаxtakor metro bekatida ayolga nisbatan shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Pаxtakor metro bekatida ayolga nisbatan shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

    23 yoshlijigit qilgan ishidan pushaymon ekanini aytdi va suddan yengillik soʻradi.

    'Oʻqish maqsadida xorijga ketayotgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:52

    Oʻqish maqsadida xorijga ketayotgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi

    Ushbu matnni lotin yozuvidagi o‘zbek tiliga tarjima qil. Izohlar, tushuntirishlar yoki HTML qavati qo‘shilmasin. tuzilmasi o‘zgarmasin. Ulardan ko‘pchilgi Tojikistonda o‘qishni tanlagan.

    'Chinozda yo‘lni to‘sib, tartibsizlik uyushtirganlar qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.10.2025 22:34

    Chinozda yo‘lni to‘sib, tartibsizlik uyushtirganlar qamaldi

    Har ikkki fuqaro ham jazoni umumiy tartibli koloniyada o'taydi.