AsosiyJamiyat

Diniy qo‘mita Umra ziyorati bo‘yicha turoperatorlarni ogohlantirdi

5 oktyabrdan so‘ng “Umra” xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi.

'Diniy qo‘mita Umra ziyorati bo‘yicha turoperatorlarni ogohlantirdi'ning rasmi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra tadbirlarini tashkil etayotgan turoperatorlarga ogohlantirish bilan chiqdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq reklama axborotlari faollashganligi, tegishli litsenziya va ruxsatnomalar bo‘lmagan holatda ushbu xizmatlar reklama qilinayotganligi kuzatilmoqda.

Jumladan, turoperatorlar tomonidan oktyabr-dekabr oylarida Umra ziyoratiga yuborish bo‘yicha xizmatlar keng reklama qilinayotgani qayd etilmoqda.

Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2024 yil 2 iyul kuni qabul qilindi. (02.07.2024 yildagi O‘RQ-935-son) 

Ushbu Qonunga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish joriy yil 5 oktyabrga qadar amalga oshiriladi.

Bunda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

2024 yil 5 oktyabrdan so‘ng “Umra” xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi. 

Ushbu qonunbuzarlik uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) etib belgilangan.

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega bo‘lmagan subyektlar tomonidan ko‘rsatish taqiqlangan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilarimizni "Umra" amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 21:49

    Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi

    G‘oliblar orasida Germaniyada o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ibrohimova Rayyona ham bor.

    'Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 20:32

    Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda

    Mardon Yoqubov shtamplar, muhrlar tayyorlash va ularni qalbakilashtirishda ayblanib, jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan.

    'Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:40

    Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

    Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlandi.

    'Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:26

    Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi

    MBning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rib chiqildi.

    'Samarqandda kichik yoshli bola shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:18

    Samarqandda kichik yoshli bola shifoxonada vafot etdi

    SES bo‘limi boshlig‘i shifokorlar bolaga qo‘ygan talvasa sindromi tashxisi noto‘g‘ri ekanligini aytib, uni ovqatdan zaharlanish sabab vafot etganligini ta’kidladi.

    'O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 17:47

    O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

    O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohi Osiyoda 159-o‘rinda, Markaziy Osiyoda 7-o‘rinda qayd etildi.