AsosiyJamiyat

3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi barcha davlat xaridlarini to‘xtatgan.

'3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan jami 3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. 

Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:

- Narpay tuman Tibbiyot birlashmasining 673 mln so‘mlik;

- Shumanay tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 343 mln so‘mlik;

- Kattaqo‘rgon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 215 mln so‘mlik;

- Oltinsoy tumani hokimligining 193 mln so‘mlik;

- Qumqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabining 115 mln so‘mlik;

- Buxoro Davlat Pedagogika instituti huzuridagi Akademik litseyining 56 mln so‘mlik davlat xaridlari. 

Shuningdek, “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan.

Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olingan.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar

    'Mustaqil va xolis nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy qilish ilgari surilmoqda'ning rasmi

    JamiyatBugun 17:36

    Mustaqil va xolis nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy qilish ilgari surilmoqda

    O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ushbu tashabbus sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan.

    'Toshkentdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli qilish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    JamiyatBugun 17:24

    Toshkentdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli qilish rejalashtirilmoqda

    Avtomobil yo‘lining ma’lum qismi asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilinadi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana oshdi'ning rasmi

    JamiyatBugun 16:18

    Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Chorvoqqa olib boruvchi yo‘lning bir qismi pullik bo‘ladi'ning rasmi

    JamiyatBugun 15:50

    Chorvoqqa olib boruvchi yo‘lning bir qismi pullik bo‘ladi

    Loyiha Turkiya kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

    'Toshkent aeroportida O‘zbekistonda yo‘q qushlarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi'ning rasmi

    JamiyatBugun 15:47

    Toshkent aeroportida O‘zbekistonda yo‘q qushlarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

    Achinarlisi, meva qutisi orasiga yashirilgan qushlardan 3 tasi allaqachon nobud bo‘lgan.

    '1 oktyabrdan boshlab aliment to‘lovlari qanchaga oshadi?'ning rasmi

    JamiyatBugun 15:34

    1 oktyabrdan boshlab aliment to‘lovlari qanchaga oshadi?

    MIB bu haqda batafsil ma’lumot berdi.