AsosiyJamiyat

Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

'Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi'ning rasmi

2024 yil 19 sentyabr kuni Mang‘istau – Nukus yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishida hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 14:47 da teplovozning “B” seksiyasining turbokompressoridan uchqun chiqa boshladi, bu esa vagonlararo tutashuvlarda maxsus rezina plastinalarning (sufle) yonishiga olib keldi.

Mashinist tomonidan teplovoz harakat tarkibidan soat 14:50 da uzilib yong‘in bartaraf qilingan va soat 15:30 harakatni davomi ettirgan. Yuqorida keltirib o‘tilgan holat bo‘yicha fuqarolarga va yo‘lovchi vagonlariga shikast yetmagan.

 Yong‘in bartaraf qilinib soat 15:30 da harakatni davom ettirgan. Yo‘lovchi poyezd Nukus stansiyasiga soat 16:23 kirib kelgan (1 soat 3 daqiqa jadvaldan kech kirib kelgan).

Hodisa natijasida mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi va qolgan lokomotivlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha takroriy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor.

    Boshqa yangiliklar