Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida "Damas" rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lda ketayotgan itni qasddan bosib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot taqdim etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan chora ko‘rilgan.