Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati, Urganch shahridagi “Hamkorbank” biznes markazining tom qismida yong‘in chiqganligi aks etgan videolar tarqaldi.
Xorazm viloyati FVB ko‘ra, yong‘in bugun 25-sentyabr kuni soat 11:05 da shaharda joylashgan banklarning biri binosining ijaraga berilgan yuqori qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 11:10 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:30 da o‘rab olingan va soat 12:22 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida bino tom qismining tahminan 30 kv.m maydoni yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.