AsosiyJamiyat

“Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qo‘yiladi

Prezidentimiz Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa hamkorlar bilan bunday infratuzilmaviy loyihalar yanada kengaytirilishiga ishonch bildirdi.

'“Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qo‘yiladi'ning rasmi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyoj yalpi ichki mahsulotning 10 foiziga teng.

Shu ma’noda, Prezident Samarqandda o‘tkazilayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashi yig‘ilishini olqishladi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, bu borada xalqaro moliya tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, katta tajriba orttirildi. Buning natijasida ushbu sohalarga xususiy sektor faol kirib bormoqda.

O‘zbekistonda 2030 yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. 

Xususan, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari, “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi. 

Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi.

Shuningdek, kelgusi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tadi. Masalan, Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boshqaruvga olish bo‘yicha o‘tkaziladigan tenderga 50 dan ziyod xorijiy nufuzli kompaniyalar o‘z qiziqishini bildirdi.

Shu bilan birga, bizda har yili 100 mingdan ziyod xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Masalan, Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijon kabi yirik shaharlar hamda qolgan viloyatlar markazlariga yo‘ldosh “Yangi O‘zbekiston” shaharchalarini qurish bo‘yicha katta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz o‘rta shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha 200 million dollarlik, qishloq joylaridagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 130 million dollarlik loyihalar Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda boshlaganganini alohida e’tirof etdi. Bank va boshqa hamkorlar bilan bunday infratuzilmaviy loyihalar yanada kengaytirilishiga ishonch bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sherlar hujumiga uchrab halok bo‘lgan erkak bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 23:31

    Sherlar hujumiga uchrab halok bo‘lgan erkak bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 22:52

    'Senatning navbatdagi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 22:40

    Senatning navbatdagi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi

    Unda muhokama qilish nazarda tutilgan masalalar bilan tanishing.

    'Sudyalar oliy kengashi tarkibi saylanish orqali shakllantiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 21:51

    Sudyalar oliy kengashi tarkibi saylanish orqali shakllantiriladi

    Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

    'Elektromobillarni zaryadlash stansiyalariga ham cheklov o‘rnatildimi?'ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 20:49

    Elektromobillarni zaryadlash stansiyalariga ham cheklov o‘rnatildimi?

    Energetika vazirligi shu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarga oydinlik kiritdi

    'O‘zbekistonda qizlar necha yoshdan oila qurmoqda?'ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 20:25

    O‘zbekistonda qizlar necha yoshdan oila qurmoqda?

    Statistika agentligi O‘zbekistonda nikohlanuvchi ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimotni e’lon qildi.