AsosiyJamiyat

Yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

'Yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi'ning rasmi

“Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

2030 yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. 

Toshkent shahriga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan ko‘mir yoqilg‘isining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatiladi hamda bunday uskunalarni o‘rnatish uchun issiqxona xo‘jaliklariga subsidiya ajratish mexanizmi joriy qilinadi.

 2025–2030 yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbog‘” va “yashil bog‘lar” tashkil qilinadi.

2028 yildan “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.