AsosiyJamiyat

Prezident Hindiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

'Prezident Hindiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev OIIB Boshqaruvchilar kengashining to‘qqizinchi yig‘ilishi doirasida Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitxaraman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabvr berdi. 

Uchrashuv avvalida Nirmala Sitxaraman davlatimiz rahbariga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil noyabr oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda o‘tkazish hamda uning doirasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Energetika, neft-kimyo, raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika sohalarida loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi'ning rasmi

    Jamiyat25.09.2024 17:21

    Yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

    Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

    'Yosh avlod salomatligi yo‘lidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlang!'ning rasmi

    Jamiyat25.09.2024 17:05

    Yosh avlod salomatligi yo‘lidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlang!

    O‘zbekiston Ekologik partiyasiga va nomzodlarimizga ovoz bering!

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat25.09.2024 16:54

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    '“Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat25.09.2024 16:11

    “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qo‘yiladi

    Prezidentimiz Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa hamkorlar bilan bunday infratuzilmaviy loyihalar yanada kengaytirilishiga ishonch bildirdi.

    'Markaziy Osiyo jahonga “yashil” energiya yetkazib beradigan yirik eksportchiga aylanadi'ning rasmi

    Jamiyat25.09.2024 16:04

    Markaziy Osiyo jahonga “yashil” energiya yetkazib beradigan yirik eksportchiga aylanadi

    Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshchiligida Markaziy Osiyoda “yashil” energiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirishni taklif qildi.

    'Markaziy Osiyoda suv taqchilligi o‘tkir tus olmoqda'ning rasmi

    Jamiyat25.09.2024 15:57

    Markaziy Osiyoda suv taqchilligi o‘tkir tus olmoqda

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.