AsosiyJamiyat

Surxondaryoning ikkita tumaniga yangi hokim tayinlandi

Muzrabot va Sho‘rchi tumanlarida yangi hokimlar ish boshladi.

'Surxondaryoning ikkita tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Abdurashid Ismailov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilganligi ma’lum qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Qurbonov Alisher Qurbonovich nomzodini Muzrabot tumani hokimi etib tayinlash taklifi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Alisher Qurbonov 1973 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi-tashkilotchi, yurisprudensiya.

Tayinlovga qadar A.Qurbonov “Amirqulbobo KAA” fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Sho‘rchi tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Ulug‘bek Zokirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilib, Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich yangi hokim etib tayinlandi.

Akbarali Ishmurzoyev 1982 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 2003 va 2009 yilda Termiz davlat universtetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish, moliya.

Tayinlovga qadar A.Ishmurzoyev 2023 yildan buyon Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.