AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonda dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilayotganlar voqea joyida ushlandi

Bosh prokuratura, DXX va IIB xodimlari tezkor tadbirda dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilayotganlarni ushladi.

'Qoraqalpog‘istonda dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilayotganlar voqea joyida ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.N.B.” MCHJning Qo‘ng‘irot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 2 222 litr dizel yoqilg‘isini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilg‘i tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, 2 222 litr dizel yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar