Toshkentda avtobus yo‘lovchisi sog‘ligi yomonlashib, vafot etdi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki piyodani transport vositasi urib yuborgani va piyoda vafot etgani haqida ma’lumot tarqatildi. Toshkent shahar IIBB YHXB mazkur xabarni rad etib, holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni taxminan soat 11:20 larda Olmazor tumani Beruniy metro bekatida turgan avtobusda yo‘lovchi – 1961 y.t. A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib qolgan.
Yo‘lovchiga havo yetmaganligi sababli avtobusdan tashqariga olib chiqilgan va tez-tibbiy yordam chaqirtirilgan. Biroq, yo‘lovchi tez-tibbiy yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.