AsosiyJamiyat

Parkentdagi zavodda ishlab chiqarilgan 1,1 mlrd so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlari ushlandi

Qalbaki mahsulotlar Samarqand va Buxoro viloyatlariga sotish uchun yuborilayotgan bo‘lgan.

'Parkentdagi zavodda ishlab chiqarilgan 1,1 mlrd so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlari ushlandi'ning rasmi

Parkent tumanidagi zavodda ishlab chiqarilgan 1,1 mlrd so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Olmaliq-Ohangaron yo‘nalishidagi A373-magistral yo‘lida o‘tkazilgan tadbirda, 2 ta “ISUZU” rusumli yuk avtomashinalari haydovchilari Parkent tumanidagi spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi “B.G.” MCHJda ishlab chiqarilgan “QR-kod” markirovkasi qalbaki bo‘lgan 4 xil nomdagi jami 25 120 dona umumiy qiymati 1,1 mlrd so‘mlik alkogol mahsulotini MCHJ rahbari Sh.X.ning topshirig‘iga asosan Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga yetkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, “B.G.” MCHJning ishlab chiqarish sexi hamda korxona qo‘riqchisi A.A.ning xonadoni ko‘zdan kechirilib, 143 ta o‘ramdagi 14 300 dona qalbaki “QR-kod” markirovka va 14 176 dona aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.       

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasining xulosasiga ko‘ra, “B.G.” MCHJdan olingan aksiz markalar 2023 yilda ishlab chiqarilganligi, ya’ni hozirda realizatsiya qilish taqiqlanganligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, “B.G.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘tgan yilda ishlab chiqarilgan aksiz markalarni yo‘q qilinganligi to‘g‘risida soxta dalolatnoma rasmiylashtirib, amalda ushbu aksiz markalardan foydalangan holda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarganliklari, shuningdek 162,5 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganliklari aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Marg‘ilonda ham velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani mashina urib ketdi'ning rasmi

    JamiyatBugun 10:28

    Marg‘ilonda ham velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani mashina urib ketdi

    Haydovchining o‘zi bolani shifoxonaga olib ketgan.

    'Toshkentda mingdan ortiq aholi barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi'ning rasmi

    JamiyatBugun 08:38

    Toshkentda mingdan ortiq aholi barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi

    Olmazor tumanida ham yangi kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda.

    'Tunda Bo‘stonliqdagi uylar yondi'ning rasmi

    JamiyatBugun 08:18

    Tunda Bo‘stonliqdagi uylar yondi

    Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

    'Bugun vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    JamiyatBugun 08:06

    Bugun vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    Respublikada harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

    'Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat26.09.2024 19:52

    Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

    Davlat rahbari “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

    '“Yevro – 4” standartidagi past yonilg‘idan voz kechish 2028 yildan boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat26.09.2024 19:03

    “Yevro – 4” standartidagi past yonilg‘idan voz kechish 2028 yildan boshlanadi

    Past ekologik toifadagi motor yonilg‘isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.