AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

'Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

O‘zgidromet 30 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra: 

TOSHKЕNT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 20-22° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,

ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°bo‘ladi.

TOSHKЕNT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,

ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°bo‘ladi.

TOG‘LI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-8° bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar