AsosiyJamiyat

Toshkentda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bir vaqtning o‘zida 106 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanganligi aniqlandi

U ikki oyda 123 milliard so‘mlik mahsulot sotgan

'Toshkentda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bir vaqtning o‘zida 106 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanganligi aniqlandi'ning rasmi

O‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari jarayonida  Toshkent shaharda o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro A.N bir vaqtning o‘zida 106 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanganligi aniqlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu fuqaro joriy yilning  mart va aprel oylarida 4 ta yuridik shaxslarga 123,2 mlrd so‘mlik 357 turdagi tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilgan.

Yuridik shaxslar tomonidan mazkur xaridlar sun’iy ravishda hisobga olinadigan QQS summasini yaratish va tovarlarning kirim hujjatlarini qonuniylashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

Bu holatda soliq qonunchiligining qaysi talablari buzilgan?

Birinchidan, agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 100 million so‘mdan oshsa, u yakka tartibdagi tadbirkor kabi 4 foiz stavkada aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘laydi.

Shunday ekan mazkur o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga nisbatan AOS qo‘shimcha hisoblanadi.

Ikkinchidan, agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 1 milliard so‘mdan oshsa, u majburiy tartibda QQS to‘lovchisi hisoblanadi. Demak, uning 1 milliard so‘mdan ortiq daromadidan QQS va foyda solig‘i qo‘shimcha hisoblanadi.

Uchinchidan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyatidan tashqari olingan daromadlariga Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solinadi.

Bu kabi holatlar aniqlanganda, tahliliy va tekshiruv materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqiy baho berish maqsadida taqdim etiladi.

Xulosa qilib aytganda, yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar jiddiy huquqiy va moliyaviy oqibatlarga olib kelmasligi uchun o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq yuritishlari lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga sayohat  qiladi?'ning rasmi

    Jamiyat08.10.2024 19:27

    O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga sayohat qiladi?

    O‘tgan 8 oy davomida 4 mln nafardan ortiq o‘zbekiston fuqarosi eng ko‘p qaysi davlatlarga borgani ochiqlandi.

    'Nukusda qurlish mollari omborxonasi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat08.10.2024 19:21

    Nukusda qurlish mollari omborxonasi yonib ketdi

    Hodisani bartaraf etish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.

    'Onlayn kredit bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat08.10.2024 19:16

    Onlayn kredit bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda

    Endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.

    'Andijonda ayol boshqaruvidagi Onix anhorga tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat08.10.2024 17:52

    Andijonda ayol boshqaruvidagi Onix anhorga tushib ketdi

    Hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat08.10.2024 16:06

    ''ning rasmi

    Jamiyat08.10.2024 15:42