AsosiyJamiyat

Samarqanddagi institutda ham yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘inga 6 ta qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

'Samarqanddagi institutda ham yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Samarqand viloyati FVB xabar qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in kecha soat 23:45 da istitutda yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyat FVB xabariga ko‘ra, 6 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in soat 00:30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida eski qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar