AsosiyJamiyat

Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga kelayotgan reyslar majburan kechiktirildi

Bunga Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi sabab bo‘lgan.

'Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga kelayotgan reyslar majburan kechiktirildi'ning rasmi

Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash zaruratini inobatga olgan holda, 2024 yil 1 oktyabr kuni HY304 Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi.  Bu haqda O‘zbekiston havo yo‘llari matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, reyslarning:

Samarqandga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan soat 4:40 (2 oktyabr)

Toshkentga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 6:35 (2 oktyabr) da amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar