AsosiyJamiyat

Abdulla Aripov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

Alisher Sa’dullayev esa federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

'Abdulla Aripov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi'ning rasmi

Bugun Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi va Federatsiyaning yangi rahbarlari saylandi.

Xususan Sindarov Komil Oydinovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Aripov Abdulla Nigmatovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi lavozimiga saylanishdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar