AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

Dam olish kunlari qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi.

'O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi'ning rasmi

“O‘zgidromet” 5 oktyabr, shanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onaviloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bir oz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 5 oktyabrdan 10 oktyabrgacha harorat foni pasayadi. Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 21-26 daraja iliq bo‘ladi. Oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligida ayrim hududlarda ayoz kuzatilishi mumkin. Oktyabr oyi ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarining ayrim kunlarida (o‘n kunlikda 1-3 kundan) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. 

    Boshqa yangiliklar

    'Yana bir xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 20:17

    Yana bir xonanda jarimaga tortildi

    Avtomobilini 197 km/soat tezlikda haydab, uni ijtimoiy tarmoqqa joylagan xonanda Osman Navruzovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

    'Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 18:50

    Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.

    'Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 17:42

    Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

    Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida g‘olib chiqdi.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 16:01

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 15:48

    Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi

    Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

    'Yangiyo‘lda xonadondan qochib ketgan Kobralar soni 30 ta emas, 4 dona bo‘lgan - IIBB'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 14:48