AsosiyJamiyat

Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida g‘olib chiqdi.

'Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

Toshkentdagi madaniy boyliklarni — mozaikalarni ularni yopib turgan reklama bannerlaridan ozod qilish bilan tanishtiruvchi “Mosaicvertising” loyihasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sentyabr oyi o‘rtalarida Batumi shahrida (Gruziya) bo‘lib o‘tgan AdBlackSea xalqaro ijod festivalida Toshkent mozaikalari haqidagi loyiha Gran-prini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u Media nominatsiyasining Use Of Print And Outdoor bo‘limida “oltin” mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, Qozog‘istondagi nufuzli festivalda Toshkent mozaikalari haqidagi loyiha uchta oltin va uchta bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.

Olmaotada 21-22 sentyabr kunlari o‘tkazilgan Jolbors 2024 o‘n uchinchi xalqaro reklama festivalida Toshkent roligi uchta “oltin” mukofotni: PR campaign, ESG projects va Reputation behavioral communication nominatsiyalarida hamda uchta “bronza” mukofotni: Media campaign, PRINT OUTDOOR va Brand Experience Activation nominatsiyalarida qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, Toshkent mozaikalari mukofotlar soni bo‘yicha festival qahramoniga aylandi. Loyihaning barcha sovrinlarini uning rasmiy sahifasida ko‘rish mumkin.

Mukofotlarning bunday “yulduz yomg‘iri” mozaikalarni saqlash va ommalashtirishdan manfaatdor bo‘lgan davlat va xususiy tashkilotlar hamda jamoatchi shahar faollarining hamkorligi natijasida yuzaga keldi. Ya’ni, hamkorlik “o‘ylab topilgan” emas, balki shahar mozaikalariga bo‘lgan umumiy muhabbat missiyasi bilan bog‘liq edi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi tashabbusi bilan mozaikalar O‘zbekiston madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan mozaikalar haqidagi sayt animatsiya va kengaytirilgan reallik mobil ilovasi yaratildi.

Toshkent mozaikalarini ommalashtirish tashabbuskori, ishqiboz Fotima Abdurahmonova mozaikalarning joylashuvi va ularning mualliflari haqida ma’lumot to‘pladi.

    Boshqa yangiliklar

    'Yana bir xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 20:17

    Yana bir xonanda jarimaga tortildi

    Avtomobilini 197 km/soat tezlikda haydab, uni ijtimoiy tarmoqqa joylagan xonanda Osman Navruzovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

    'Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 18:50

    Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.

    'O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 17:37

    O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

    Dam olish kunlari qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 16:01

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 15:48

    Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi

    Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

    'Yangiyo‘lda xonadondan qochib ketgan Kobralar soni 30 ta emas, 4 dona bo‘lgan - IIBB'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 14:48