AsosiyJamiyat

Toshkentda qaynona sobiq kuyovining 5 yillik aliment qarzidan kechib yubordi

Xorijga chiqishiga to‘siq qo‘yilgan erkakning alimentdan qarzi 61 mln. 957 ming so‘mga yetgan.

'Toshkentda qaynona sobiq kuyovining 5 yillik aliment qarzidan kechib yubordi'ning rasmi

Qonunchilikka ko‘ra aliment ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanadi.

MIB xabariga ko‘ra, sudning buyrug‘iga asosan, qarzdor K.A.dan undiruvchi Sh.K. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

 Aniqlanishicha, sud qarori 2020 yilda chiqarilgan bo‘lib, qarzdor undan oldin 2018 yilda chet davlatga chiqib ketgan. Qarzdorning alimentdan qarzi 2020 yildan bugungi kunga qadar 61 mln. 957 ming so‘mga yetgan.

 Qarzdor ota 2024 yilda chet davlatdan qaytgan, biroq, yana chet davlatga chiqib keta olmasligini, qarzi sabab uning chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangani davlat ijrochisi tomonidan tushuntirilgan.

 Tushuntirish va majburiy ijro harakatlari davomida ham qarzdorlik to‘lamaganligi sababli qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga qonuniy hal etish uchun yuborilgan.

 Sud jarayonida undiruvchining ishonchli vakili, ya’ni qarzdorning qaynonasi sobiq kuyovining salkam besh yillik aliment qarzdorligidan voz kechganligi sababli ma’muriy ish materiali harakatdan tugatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 22:29

    Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi

    Buning uchun tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

    'Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 20:50

    Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi

    Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 minggacha etadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 19:09

    'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 15:15

    Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

    Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

    'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 14:38

    Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

    Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

    'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 13:51

    Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

    Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.