AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Harorat 26-28 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Tashkent viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar