AsosiySport

Olimpiada chempioni Hasanboy Do`smatov “Oltin Mangust” mukofotiga loyiq deb topildi

Bugun Ukrainaning Odessa shahrida xalqaro “Oltin Mangust” mukofotining bu 2016-yilgi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

O`z tarixida sakkizinchi bor o`tkazilayotgan “Oltin Mangust” (International Sports Award “Golden Mongoose”) sovrini sportda yuqori natijalarni qo`lga kiritgan sportchilarga taqdiladi.

O`tgan davr mobaynida 80 nafarga yaqin sportchi, murabbiy, tadbirkor, siyosatchi va hukumat vakillari ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko`rilishgan.

Quvonarlisi, bu yilgi “Oltin Mangust” mukofoti topshiriladigan baxtli insonlar qatorida O`zbekiston vakillari ham bor. Rio—2012 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do`smatov hamda Butunjahon Boks seriyasi musobaqasida yarim finalga qadar etib borgan “O`zbek yo`lbarslari” jamoasi murabbiyi Ravshan Xo`jaev “Oltin Mangust” xalqaro mukofoti bilan taqdirlanishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar