AsosiyJamiyat

Tunda Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Haydovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan, yana uch kishi shifoxonaga olib ketilgan.

'Tunda Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

Toshkentda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH yuz berdi. Bu haqda IIBB YHXB xaar qildi.

Hodisa kecha soat 23:30 larda Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yuz berdi. 40 yoshli haydovchi Spark’da 20 yoshli yigitning Matiz avtomobili bilan to‘qnashdi.

Oqibatda Spark haydovchisi voqea joyida vafot etdi. Uning ikki yo‘lovchisi hamda Matiz haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


    Boshqa yangiliklar