AsosiyJamiyat

“Elections.uz-2016” doirasida ijtimoiy reklama Milliy tanlovi o`tkazildi

30 noyabr kuni O`zbekistonda ish boshlagan ilk “Elections.uz-2016” press-klubi doirasida ijtimoiy reklama Milliy tanlovi o`tkazilmoqda.
Tanlov 2 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasining Crystal Ballroom anjumanlar zalida bo`lib o`tdi. 
Tadbir Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat Fondi ko`magida O`zEOAVMA tomonidan tashkil etilgan.
Tanlov ijtimoiy ahamiyatga ega eng yaxshi media—mahsulot mualliflarini aniqlaydi. Bu yil tanlovga 200 dan ortiq tele- va radioroliklar topshirildi, ularning orasidan O`zEOAVMA ekspert kengashi tomonidan eng yaxshilari tanlab olindi. 
Bu yil mazkur tanlov sakkizinchi marotaba o`tkazilmoqda. Tanlovning ahamiyatli tomoni shundaki, bu yilgi tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oldidan o`tkazilmoqda. Shu munosabat bilan unga ikkita yangi nominasiya kiritildi: “Aholining saylov borasidagi huquqiy va madaniya bilimini oshirishga yo`naltirilgan eng yaxshi ijtimoiy rolik”, “Fuqarolarni saylov jarayonida ishtirok etishga chorlaydigan eng yaxshi ijtimoiy rolik”.
Shuningdek O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan “Mening O`zbekistonim” mavzuida eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominasiyasida ham g`oliblar aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar