AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda harorat 0 darajaga tushadi

O‘zgidromet haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

'O‘zbekistonda harorat 0 darajaga tushadi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, kyecha O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.

Bugun va ertaga antisiklon mamlakatimizning barcha hududlariga ta’sir etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi, faqat respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Chorshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha iqlimiy qiymatlardan 

6-8 darajaga past bo‘ladi. Harorat kechalari 3-8 daraja iliqqacha, shimoliy hududlarda 0-2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 13-18 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Payshanba va juma kunlari antisiklon sharqqa tomon siljiydi, bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, juma kuniga kelib kunduz kuni 17-22 darajagacha ko‘tariladi.

16-17 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

14-17 oktyabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

 Poytaxtda: bugun va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 15-17 darajani tashkil etadi, ertaga kechasi 8-10 daraja bo‘ladi, kunduzi 13-15 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

16-17 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 3-6 daraja iliq, kunduz kunlari 13-16 daraja atrofida bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar