AsosiyJamiyat

“Tezyurar poyezdlarning chipta narxi samolyot chiptalari kabi o‘zgarib turadi”

O‘zbekiston temir yo‘llari “Afrosiyob” poyezdi biror yil daromad ko‘rib ishlamaganini, faqat zararga ishlaganini ma’lum qildi.

'“Tezyurar poyezdlarning chipta narxi samolyot chiptalari kabi o‘zgarib turadi”'ning rasmi

“Afrosiyob” poyezdi biror yil daromad ko‘rib ishlamagan, faqat zarar bilan ishlagan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Zufar Narzullayev Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisda ma’lum qildi.

Majlisda senator Abdurahim Erkayev tezyurar poyezd chiptalarining narxi samolyot chipta narxlaridan qimmat bo‘lib ketganini aytdi. Uning e’tiroziga javoban Zufar Narzullayev bunday holat normal ekani, dunyo miqyosida ham shunday tartib joriy etilganini ta’kidladi.

“ Afrosiyob o‘tgan yilning o‘zida 238 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Yevropada, umuman, jahon miqyosida tezyurar poyezdlarning chipta narxi samolyot va oddiy poyezdlar narxidan qimmat yuradi. Oddiy poyezdlarning chipta narxi ma’lum bir belgilangan tarif asosida ushlab turiladi.

Kelasi yil yanvar oyidan yangi dastur ishga tushirilmoqda. Kelajakda tezyurar poyezd chiptalari narxi samolyotlarning chipta narxlari bilan teng bo‘lishi kutilmoqda. Bu dasturda poyezd chiptasi narxi xuddi samolyot chiptasi narxlari kabi o‘zgarib turadi”, dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qolgan oddiy poyezdlarning chipta narxlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tartibga solinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.