AsosiyJamiyat

Navoiyda noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Davlat manfaatlariga 106,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

'Navoiyda noqonuniy mayning ferma aniqlandi'ning rasmi

“O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O.P.N.” MCHJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning qurilmalarini tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 106,5 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

 Mazkur holat yuzasidan A.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar