AsosiyJamiyat

Amudaryodagi qamishzorlar rejalashtirilgan tartibda yoqilmoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi kichik orolchalardagi qamishzorlar yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralar nazorati ostida yoqilmoqda.

'Amudaryodagi qamishzorlar rejalashtirilgan tartibda yoqilmoqda'ning rasmi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Amudaryo ichkarisidagi orolchalardagi qamishzorlar turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hasharotlar ko‘payishi sababli yoqilmoqda.

Tadbir mutasaddi idoralar ruxsati va o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.

Yong‘in harakatlari va ko‘lami to‘liq nazoratga olingan. Fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda esa yolg‘on xabarlar tarqatmaslik so‘raladi.

    Boshqa yangiliklar