AsosiyJamiyat

NASA Marsga "Ingenuity" tipidagi yangi robot vertolyotlarni yuboradi

Mazkur missiyada "Ingenuity" turidagi robot vertolyotlar ham yetkazib beriladi.

'NASA Marsga "Ingenuity" tipidagi yangi robot vertolyotlarni yuboradi'ning rasmi

NASA rahbari Jared Ayzekmanning ma'lum qilishicha, SR-1 Freedom missiyasi Marsga yadroviy kuch qurilmasiga ega koinot kemasini yuborish bilan bog'liq.

Apparat uchirilganidan bir yil o'tgach, Marsga etib boradi va sayyorani chuqurroq o'rganish uchun vertolyotlarni yetkazib beradi.

Ayzekman vertolyotlar soni va texnik xususiyatlari bo'yicha tafsilotlarni oshkor qilmagan. Shu bilan birga, "Ingenuity" vertolyoti 2021–2024 yillarda Perseverance roveri bilan birga Marsni o'rgangan. Vaholanki, vazni taxminan 1,8 kg bo'lgan vertolyot 72 parvoz amalga oshirgan va kutilganidan yuqori natijalar ko'rsatgan.

NASA mutaxassislari 2024 yil yanvarida vertolyotning shikastlanganini bildirgan, ammo uning ilmiy tadqiqotlar uchun samaradorligi yuqori bo'lganini ta'kidlagan. Yangi missiyada vertolyotlar Marsning 3D xaritalarini yaratish va rover etib bora olmaydigan hududlarni o'rganishda ishlatiladi.

    Boshqa yangiliklar