AsosiyJamiyat

Haila al-Mekaimi: “Press-klub” — demokratik saylov garovi

Poytaxtning “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ish boshlagan “PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi o`z ishini davom ettirmoqda. Press-klub xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy OAVlar, davlat tashkilotlari vakillarini bir maydonga jamladi. 

Haila Al-Mekaimi, media rejalashtirish va ilmiy taraqqiyot kotibi o`rinbosari (Quvayt): 

—  Men bu erga kirib kelishim bilan shuni alohida e`tirof etdimki, prezidentlik saylovini yoritishda bu bu “press-klub” juda muhim hisoblanadi. Uning muhimligi shundaki, turli mamlakatlardan kelgan jurnalistlar va kuzatuvchilar  bu erda mahalliy jurnalistlar bilan, tanishadi, axborot almashadi, aloqa o`rnatadi, bu har qanday saylov jarayoni uchun muhimdir. Dunyoning rivojlangan va demokratik davlatlari tajribasida ham saylov jarayonlarini yorituvchi press-klublar faoliyatini ko`rishimiz mumkin. Masalan bizning davlatda ham bunday faoliyat yo`lga qo`yilgan. “Press-klub”larning tashkil etilishi salov jarayonlarining yuqori darajada va demokratik ruhda o`tishida muhim rol o`ynaydi.

Boshqa yangiliklar