AsosiySiyosat

Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi

Avvalgi Elchi sal avval lavozimidan ozod etilgan edi.

'Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi'ning rasmi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nurimbetov bugun tunda Shvetsiya poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

U Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Diplomat 47 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DsC) darajasiga ega.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boshlagan.

2003 yildan buyon TIV tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, o‘tgan yillar davomida vazirlikning markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Germaniya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlab, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori vazifasida ishlagan.

Nemis, ispan va ingliz tillarini mukammal biladi.

Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024 yillarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Koreya korporatsiyasi Jizzaxda chiqindini qayta ishlash zavodini quradi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:45

    Koreya korporatsiyasi Jizzaxda chiqindini qayta ishlash zavodini quradi

    Bu bo‘yicha 6,2 mln dollarga teng bo‘lgan 4 yillik grant loyiha bitimi imzolandi.

    'Prezident xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 15.10.2024 11:51

    Prezident xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman ishtirokchilariga davlat rahbari tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

    'Bugun Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi'ning rasmi

    Siyosat 15.10.2024 11:33

    Bugun Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi

    Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    '2 milliard dollarlik 9 ta loyihaning qurilishi va faoliyatiga start berildi'ning rasmi

    Siyosat 14.10.2024 21:53

    2 milliard dollarlik 9 ta loyihaning qurilishi va faoliyatiga start berildi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarga minnatdorlik bildirib, ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

    'Toshkent viloyatida 2024—2026 yillarda 26 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 14.10.2024 19:25

    Toshkent viloyatida 2024—2026 yillarda 26 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda

    Davlatimiz rahbariga umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 11 ta loyiha taqdimot qilindi.

    'Yangi paydo bo‘lgan chiqindi zonalari aerokosmik texnologiyalar yordamida aniqlanadi'ning rasmi

    Siyosat 14.10.2024 18:59

    Yangi paydo bo‘lgan chiqindi zonalari aerokosmik texnologiyalar yordamida aniqlanadi

    Prezident farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi.