AsosiyJamiyat

Internet tarmog‘ida firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olmoqda

Bu qanday sodir bo‘ladi? Toshkent shahar IIBB tuzoqdan ogohlantirmoqda.

'Internet tarmog‘ida firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olmoqda'ning rasmi

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan sohta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda. Bu haqida Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Bu qanday sodir bo‘ladi?! 

Firibgarlar korxona yoki tashklot rahbari nomidan telegram messenjerida sohta akkaunt ochib qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan guyoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma’lum qiladi. 

Firibgarning, ya’ni “o‘z rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha ma’lumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqdalar. 

"Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib ko‘ring!

Hurmatli fuqarolar agar Siz shu kabi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", - deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar

    'SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:46

    SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi

    Vazirlik ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanishini bildirdi.

    'Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:41

    Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    Mashinalar yonib ketgan va yana 2 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

    'Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:24

    Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    'Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:03

    Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    'Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:59

    Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi

    Viloyatning ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi.

    '“Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi

    Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘llab, deklaratsiya qabul qildilar.