AsosiyJamiyat

Mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

Miran mehmonxonasi binosidagi yong‘inni o‘chirishga 14 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi jalb qilindi.

'Mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent shahrining Mirobod tumani hududida joylashgan mehmonxonada yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirib, yong‘in o‘chirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 16 oktyabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasida joylashgan mehmonxonalardan birining rekonstruksiya qilinayotgan binosini tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, yong‘in soat 18:19 da qurshab olingan va soat 19:16 da bartaraf etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va prokuratura rahbariyati voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni bartaraf etish jarayonini to‘liq nazorat qilgan.

“Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.