AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP raisining Xorazmda saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

'O‘zLiDeP raisining Xorazmda saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi “Uzavtomotors aksiyadorlik jamiyatiXorazm filialida saylovchilar bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida partiya saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirkorlarga yanada keng imkoniyat va sharoitlar yaratish, biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonuniy ish yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatiga  aralashmaslik, shuningdek, tadbirkorlik  bilan bog‘liq  bo‘lgan jinoyat turlarini kamaytirish, soliq ma’murchiligi tizimini soddalashtirish bo‘yicha partiya o‘z zimmasiga olayotgan vazifalar haqida so‘z yuritildi. Bu takliflar ijobiy o‘zgarishlar xalqimiz hayotining yanada farovon bo‘lishi va yurtimiz taraqqiyotida o‘z natijasini ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish, Davlat organlari mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan, fermerlar faoliyatiga aralashuvini qat’iy taqiqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish partiyaning keyingi besh yillikdagi ustuvor vazifalaridan biridir.

O‘zLiDeP  partiyasi tadbirkorlar faoliyatiga har qanday noqonuniy usulda aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish, qonuniy faoliyat yuritayotgan va soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlarni tekshirmaslikni ta’minlash tarafdori ekanligi   qayd etib o‘tildi.

Uchrashuv ishtirokchilari partiyaning biznes yuritishni yanada soddalashtirish, 1000 ga yaqin byurokratik talablarni bekor qilish choralarini ko‘rish, litsenziyalar sonini ikki baravarga kamaytirish, litsenziya  talablari bekor bo‘ladigan 60 ta faoliyat uchun xabardor qilish tizimini joriy etish kabi maqsadlarni ilgari surayotgan  O‘zLiDePning taklif-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar partiya ko‘tarib chiqayotgan g‘oyalarni e’tirof etishib, saylovda O‘zLiDeP uchun ovoz berishlarini ta’kidlashdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:37

    'Kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:29

    Kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi

    Toshkentda Madaniy meros haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:22

    'Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:19

    Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi

    18-28 oktyabr kunlari haftalik doirasida Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazmalar tashkil etiladi

    'O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:47

    O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda

    Temirchi, qolipchi va g‘isht teruvchilar murojaat qilishlari so‘ralmoqda.